
O‘zbekiston Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati fuqarolarning mehnat daftarchasini raqamlashtirish bo‘yicha ko‘p berilayotgan savollarga qisqacha javob berdi. Xususan, hozirda ishsiz bo‘lgan fuqarolar o‘z mehnat daftarchasini raqamlashtirish uchun Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlariga, ya’ni tuman bandlik bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.
Agar siz ishlayotgan bo‘lsangiz, o‘z tashkilotingizning kadrlar bo‘limiga murojaat qilib, mehnat daftarchangizdagi ma’lumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi”ga (my.mehnat.uz) kiritishni so‘rashingiz lozim. Shu bilan birga, fuqarolar o‘z ma’lumotlarini mazkur sayt orqali mustaqil ravishda, elektron raqamli imzodan foydalangan holda, jismoniy shaxs sifatida tizimga kirib kiritishlari mumkin.
Unga qo‘shimcha tarzda, mehnat daftarchasini raqamlashtirish xizmatlari O‘zbekiston fuqarolari uchun mutlaqo bepul ekani ta’kidlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar