Ertaga kun iliqlashadi: ayrim viloyatlarda 22 darajagacha isiyd

1 daqiqa o'qish242
Ertaga kun iliqlashadi: ayrim viloyatlarda 22 darajagacha isiyd

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 12 noyabr kuni mamlakatning barcha hududlarida havo o‘zgaruvchan, ammo quruq bo‘ladi. Yog‘ingarchilik ehtimoli deyarli yo‘q.

Toshkent shahrida shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi 3–5, kunduzi esa 16–17 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo tiniq bo‘lib, kunduzi 19 darajagacha isiydi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa harorat 21 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Samarqand, Sirdaryo va Jizzaxda 20 darajagacha, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida esa 22 darajagacha iliq havo kutilmoqda.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida (Andijon, Namangan, Farg‘ona) havo tinch va salqin bo‘ladi — kunduzi 17, kechasi 2–7 daraja iliq. Ayrim joylarda tuman tushishi ehtimoldan xoli emas.

Tog‘li hududlarda ham havo barqaror bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 2 daraja sovuqqa, kunduzi 13 daraja iliqqacha bo‘lishi mumkin.

Meteorologlar hafta ilk kuni mamlakat bo‘ylab iliq va barqaror ob-havo hukm surishini ma’lum qilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?