
Yulduz futbolchi Lionel Messi o'zining orzusini oshkor qildi. Sakkiz karra "Oltin to'p" sohibi Barselonaga qaytib yashashni xohlaydi.
"Barselona muxlislariga nimani ayta olaman? Men juda qaytishni xohlayman.
Biz Barselonani juda sog'indik. Bolalarim va rafiqam doim shahar haqida gapirishadi.
Biz yana o'sha yerda yashashni istaymiz. Uyimiz bor, hammasi tayyor – bu bizning orzuyimiz.
Stadionni tayyor bo'lgach ko'rishni xohlayman. Parijga ketganimdan beri "Kamp Nou"da bo'lmaganman, shundan so'ng jamoa "Monjuik"ga ko'chib o'tdi.
Bu g'alati bo'ladi, lekin yangi stadionni ko'rish juda hissiyotli bo'ladi. Men doim his qiladigan sevgi uchun tashakkur aytaman.
Bundan boshqa qo'shimcha gapim yo'q – faqat rahmat!", – dedi Messi Ispaniyaning Sport nashriga. Hozirda Lionel Messi "Inter Mayami" safida to'p surmoqda.
Yaqinda argentinalik futbolchi MLS klubi bilan 2028-yil oxirigacha shartnomasini uzaytirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar