date

Messining JCH-2026da ishtirok etish sharti


Lionel Messi kelasi yozda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida qanday shart asosida ishtirok etishini ma'lum qildi. Argentinalik futbol yulduzi 2026 yilgi mundialda o‘z jamoasi bilan chempionlikni himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

"Jahon chempionati oldinda. Bu meni motivatsiya qiladimi?

Ha, albatta. Bu o‘zgacha turnir.

Ammo men o‘zimga halol bo‘lishni istayman – agar jamoaga yordam bera olmasligimni his qilsam, ortiqcha yuk bo‘lishni xohlamayman. Turnir yaqinlashgan sari o‘zimni qanday his qilishimni ko‘ramiz.

MLSda bizda boshqa taqvim bor – tayyorgarlik uchun vaqt yetarli bo‘ladi. Asosiysi, jismoniy holatni saqlab qolish, chunki Jahon chempionati futbolning eng yuqori cho‘qqisi.

Bu meni ilhomlantiradi, lekin men bugungi kun bilan yashayapman", – dedi Messi Sport.es nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi 2022 yilgi Jahon chempionati finalida Fransiyani penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

O‘yin asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Messining JCH-2026da ishtirok etish sharti