Oltin narxlari oshdi, O‘zbekiston zaxiralari rekord darajaga yetdi

1 daqiqa o'qish295
Oltin narxlari oshdi, O‘zbekiston zaxiralari rekord darajaga yetdi

O‘zbekistonning rasmiy oltin-valyuta zaxiralari so‘nggi yillarda kuzatilmagan darajada o‘sdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabr holatida mamlakatning xalqaro zaxiralari 59,3 milliard dollarga yetgan, deb xabar berdi Spot.uz. Bu ko‘rsatkich mamlakat tarixidagi eng yuqori natija sifatida qayd etildi.

Markaziy bank hisobotida ta’kidlanishicha, zaxiralar bir oy ichida 4,3 milliard dollarga oshgan. Bu o‘sish, asosan, jahon bozorida oltin narxlarining yil boshidan buyon qariyb 50 foizga ko‘tarilgani bilan bog‘liq.

Oktyabr oyida valyutalar hisobi 731 million dollarga oshgan bo‘lsa, oltin zaxiralari qiymati 3,6 milliard dollarga ko‘payib, 47,8 milliard dollarga yetgan. Shuningdek, oltinning jismoniy hajmi ham ortib, 11,6 million troya unsiyadan 11,9 million unsiyagacha ko‘tarilgan.

Markaziy bank balansidagi qimmatli qog‘ozlar portfeli ham biroz o‘sib, 1 milliard 23 million dollarni tashkil etgani qayd etilgan.

Mutaxassislar oltin narxlaridagi keskin o‘sishni jahon bozorlaridagi beqarorlik, geosiyosiy ziddiyatlar va AQSH Federal rezerv tizimining siyosiy o‘zgarishlari bilan izohlamoqda.

Iqtisodchilar ta’kidlashicha, bu holat O‘zbekistonning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va tashqi shoklarga qarshi turish imkonini yanada kuchaytirishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?