Yanvarning ikkinchi haftasida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

"O‘zgidromet" 12 yanvar, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hafta boshida bir qator hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, shuningdek, tumanlar va shamolning kuchayishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharq tomondan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja iliq, kunduzi esa 11-13 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo ba’zi joylarda tuman paydo bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi hududlarda esa 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha bo‘ladi, shimolda ba’zi joylarda 5-7 daraja sovuq bo‘lishi mumkin. Kunduzi 2-7 daraja iliq, ba’zi joylarda esa 10 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tumanlar paydo bo‘lishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda esa 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi esa 13-18 daraja iliq bo‘ladi, cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 7-12 daraja bo‘lishi mumkin.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi esa 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi esa 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo ba’zi joylarda tuman bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4 daraja sovuqdan 1 daraja iliqqacha, kunduzi esa 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Tumanlar kuzatilishi ehtimoldan xoli emas. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda esa 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi esa 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!