
2025-yilning to‘qqiz oyi davomida O‘zbekistonda jami 404 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i qurildi. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Shundan 297,9 kilometri qishloq hududlariga to‘g‘ri keladi. Eng katta hajmdagi ishlar Jizzax viloyatida amalga oshirilib, u yerda 203,1 kilometr quvur yotqizildi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 81,5 kilometr va Qoraqalpog‘istonda 64,3 kilometr yangi quvurlar o‘rnatildi. Bundan tashqari, Buxoro viloyatida 31,4 kilometr va Qashqadaryo viloyatida 17 kilometr yangi ichimlik suvi tarmoqlari qurildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.