12 yoshli Sarvinoz Begmuratova O‘zbekiston shaxmat tarixini yangiladi

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi Sarvinoz Begmuratova 12 yoshida FIDE ayollar o‘rtasidagi sport ustasi unvoniga sazovor bo‘ldi. Bu natija mamlakat shaxmati tarixida muhim voqea sifatida qayd etildi.
Sarvinoz Begmuratova ushbu unvonga erishgan O‘zbekiston tarixidagi eng yosh qiz shaxmatchi bo‘ldi. Hozirda u 6-sinfda tahsil olmoqda va qisqa vaqt ichida xalqaro darajada e’tirofga erishdi.
Yosh sportchining bu muvaffaqiyati uning mehnati, intilishi va murabbiylarining samarali tayyorgarligi natijasi hisoblanadi. Sarvinoz bugun dunyo shaxmat maydonida istiqbolli iqtidorlardan biri sifatida tilga olinmoqda.
Sarvinoz Begmuratovaning yutug‘i O‘zbekistonda shaxmat rivoji va yoshlar sportiga berilayotgan e’tiborning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing