Toshkentda ikki ko'cha vaqtincha yopiladi

Prezident Olimpiadasi o'tkazilishi sababli Toshkent shahrida Yangi O'zbekiston va Milliy bog' ko'chalari vaqtincha yopiladi, deb xabar berdi Mirzo Ulug'bek tumani hokimligi. Cheklovlar 24-noyabrdan 4-dekabrga qadar amal qiladi.
Haydovchilar uchun Yangi O'zbekiston ko'chasidan Yangi O'zbekiston bog'i atrofidagi yangi mehmonxonalar tomon harakatlanish to'liq to'xtatiladi. Shuningdek, Milliy bog' ko'chasidan yangi mehmonxonalar tomon bo'lgan yo'l ham yopiladi.
Mazkur cheklangan hududlarga faqat maxsus transport vositalariga ruxsat beriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing