date

O‘zbekiston bojxona qo‘mitasi chegara postlari yopilgani haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi

O‘zbekiston bojxona qo‘mitasi chegara postlari yopilgani haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi

O‘zbekistondagi chegara postlari faoliyati to‘xtatilmagani, ular odatdagi tartibda ishlashda davom etayotgani ma’lum qilindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev bildirgan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Uning aytishicha, dekabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bojxona nazoratini optimallashtirish bo‘yicha tajriba loyihasini ishga tushirishga doir hujjat imzolangan. Mazkur tajriba 2026 yil yakuniga qadar olti chegara postida amalga oshiriladi va unda avtotransportni tekshirish jarayonining ayrim bosqichlarini Chegara xizmati bajaradi.

Gap «Bobotog‘», «Uchturg‘on», «Pap», «Ravat», «Rishton» va «Bekobod-avto» postlari haqida bormoqda. Idorada postlar yopilishi rejalashtirilmaganini, ular avvalgi rejimda ishlayotganini alohida ta’kidlagan.

Tajriba doirasida bojxona rasmiylashtiruvi talab etiladigan tovarlar aniqlansa, chegarachilar Bojxona qo‘mitasi xodimlarini chaqiradi. Shuningdek, pasport nazorati vaqtida ehtimoliy qonunbuzarliklar bo‘yicha ma’lumotlar bojxona organlariga uzatiladi.

Ikki xizmat o‘rtasida bojxona nazorati ostidagi avtotransportga oid ma’lumot almashinuvi ham yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, hujjatda ayrim hududlardagi masofaviy elektron deklaratsiyalash bo‘yicha olti post faoliyatini to‘xtatish belgilangan: u yerdagi xodimlar yagona Bojxona rasmiylashtiruvi markaziga o‘tkaziladi yoki boshqa postlarga taqsimlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston bojxona qo‘mitasi chegara postlari yopilgani haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi