date

Aktrisa Aysanem Yusupova 29 yoshni qarshi oldi

Aktrisa Aysanem Yusupova 29 yoshni qarshi oldi

Kliplardagi rollari bilan tanilgan, “O‘zbek qizi” filmi orqali keng ommaga tanilgan asli qoraqalpog‘istonlik aktrisa Aysanem Yusupova 2 yanvar kuni 29 yoshga to‘lganini nishonladi.

Aysanemning aytishicha, u san’atga avval qo‘shiqchilik orqali qiziqib kirgan — bu yo‘lga onasining orzusi va qo‘llab-quvvatlashi turtki bo‘lgan. Keyinchalik u Toshkentda san’at oliygohida o‘qishga kirib, ikkinchi urinishda imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib, aktrisalik yo‘lini tanlagan.

Kinoga kirib kelishida ustozi rahmatli Jo‘ra Mahmudovning tashabbusi muhim bo‘lgani ta’kidlanadi: u birinchi kursdayoq Aysanemni kastinglarda qo‘llab-quvvatlagan. Dastlabki katta takliflardan biri rejissyor Hilol Nasimov tomonidan “Hayot” filmiga bo‘lgan.

Aysanem u uchun eng katta sinovlardan biri — “O‘zbek qizi” kartinasi bo‘lgani haqida ham so‘zlab berdi. U bu film jismonan ham, ruhan ham og‘ir kechganini, tayyorgarlik, dubllar va jarohatlar bo‘lganini yashirmaydi. Shu bilan birga, aynan shu loyiha uning ijodida alohida bosqich sifatida qayd etiladi.

Aysаnem aktrisalikdan asosiy maqsadi — yaxshi rollar orqali xalqqa manfaatli, esda qoladigan ishlar qoldirish ekanini aytadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Aktrisa Aysanem Yusupova 29 yoshni qarshi oldi