date

O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p qaysi davlatni tanlayapti?

O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p qaysi davlatni tanlayapti?

2025 yilning yanvar–noyabr oylarida jami 27,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida chet el davlatlariga yo‘l olgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli pasaygan: qariyb 6,7 ming nafarga, ya’ni 19,3 foizga kamayish kuzatilgan. Bu esa o‘zbekistonliklarning ta’lim uchun chet elga chiqish masalasidagi qiziqishi va imkoniyatlariga ta’sir qilayotgan omillar borligini ko‘rsatadi.

Statistikaga ko‘ra, o‘zbekistonliklar o‘qish maqsadida eng ko‘p quyidagi 10 davlatga safar qilgan:

-Rossiya — 6 235 nafar;

-Tojikiston — 5 943 nafar;

-Qirg‘iziston — 4 219 nafar;

-Koreya — 3 410 nafar;

-Turkiya — 2 381 nafar;

-Xitoy — 1 231 nafar;

-Qozog‘iston — 1 074 nafar;

-Buyuk Britaniya — 870 nafar;

-Germaniya — 384 nafar;

-AQSH — 333 nafar.

Raqamlardan ko‘rinib turibdiki, birinchi o‘rinda Rossiya turibdi — o‘qish uchun yo‘l olganlarning eng katta qismi aynan shu davlatni tanlagan. Keyingi o‘rinlarda Tojikiston va Qirg‘iziston kelmoqda. Shu bilan birga, Koreya va Turkiya ham o‘zbekistonlik talabalar uchun an’anaviy ravishda talab yuqori bo‘lgan manzillardan biri bo‘lib qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p qaysi davlatni tanlayapti?