date

Qish O‘zbekistonga iliq ob-havo bilan keldi

Qish O‘zbekistonga iliq ob-havo bilan keldi
1-dekabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo asosan quruq va iliq bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi O‘zgidromet. Toshkentda havo harorati +13° gacha, janubiy viloyatlarda esa +17° gacha ko‘tariladi.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati va Farg‘ona vodiysida kechalari -5° gacha sovuq bo‘lishi mumkin. Ushbu hududlarda ayrim joylarda tuman tushishi kutilmoqda, kunduzgi harorat esa +8°…+13° atrofida bo‘ladi.

Samarqand, Buxoro va Navoiy kabi markaziy viloyatlarda kunduz kunlari harorat +10°…+15° oralig‘ida bo‘ladi. Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik va sovuq kutilmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qish O‘zbekistonga iliq ob-havo bilan keldi