Emre Jan Borussiya Dortmund bilan yangi shartnomaga yaqin

Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachi Emre Jan bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bild xabariga ko‘ra, «asalarilar» 32 yoshli futbolchiga 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan yangi kelishuv taklif qilmoqchi. Tomonlar shartlarning asosiy qismi bo‘yicha allaqachon kelishib olgan. Klub rahbariyati Jan orqali futbolchiga ishonch va e’tirofni ko‘rsatishni istamoqda, ayniqsa uning yetakchilik fazilatlari yuqori baholanmoqda.
Hozirda Jan «Borussiya»dagi eng ko‘p maosh oladigan o‘yinchilardan biri sanaladi — uning yillik daromadi taxminan 9 million yevroga baholanadi. Biroq yangi shartnoma maoshning sezilarli kamaytirilishini nazarda tutadi va bu band tomonlar o‘rtasida oldindan kelishib qo‘yilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!