Sevilya Elchega qarshi ikki to'p farqini yo'qqa chiqardi

Ispaniya chempionatining 20-turida Elche o'z maydonida Sevilyani qabul qildi. Mezbonlar kam imkoniyatga ega bo'lsa-da, ulardan ancha samarali foydalandi, Sevilya esa qariyb 20 ga yaqin zarba yo'llaganiga qaramay, uzoq vaqt natijani o'zgartira olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning 14-daqiqasida Aleish Febas hisobni ochib, Elcheni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo'lim oxirlarida Sevilya yaqin kelib qoldi: Batistа Mendi jarima maydonidan yo'llagan zarbasi to'singa tegib qaytdi, Jibril Sou esa qulay vaziyatda darvozabonning seyviga duch keldi.
55-daqiqada Xerman Valera mezbonlarning ustunligini ikki barobarga oshirdi — 2:0. Shundan keyin Sevilya bosimni kuchaytirdi: Osuning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi to'sinni jaranglatdi. 75-daqiqada Osu yana darvoza karkasini nishonga oldi, qaytgan to'pni esa Akor Adams osonlik bilan darvozaga joylab qo'ydi — 2:1.
O'yin yakunida dramatik epizod yuz berdi: 90-daqiqada Alvaro Rodriges qo'li bilan o'ynadi va hakam penalti belgiladi. 11 metrlik zarbani Akor Adams aniq ijro etib, hisobni tenglashtirdi — 2:2; darvozabon to'pga ozgina yetisha olmadi.
Durrangdan so'ng Elche turnir jadvalida 8-o'rinni bo'lishib turibdi, Sevilya esa 14-pog'onada, raqibdan uch ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!