Sarri Komoga yutqazgach, muxlislardan uzr so‘radi

Italiya A Seriyasida 21-tur bahslari yakunlandi. Rimning «Latsio» klubi safarda «Komo»ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi va bu natijadan keyin bosh murabbiy Mauritsio Sarri jamoa muxlislari oldida uzr so‘rashga majbur bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«To‘pni ko‘proq nazorat qilishni yoqtiradigan jamoaga ikkinchi daqiqadayoq gol o‘tkazib yuborish — bu falokat. Shunga qaramay, birinchi bo‘limda o‘yinda qolishga harakat qildik, hatto hisobga qaramay, qandaydir kurash bor edi. Ikkinchi bo‘limda yana gol o‘tkazganimizdan keyin hammasi masxaraga aylanib ketdi. Muxlislarimizdan uzr so‘rayman», — deya Sarri so‘zlarini keltiradi cittaceleste.it.
Hozirda «Latsio» Italiya chempionati turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing