Milan mudofaani kuchaytirish uchun braziliyalik himoyachini kuzatmoqda

Milan mudofaani kuchaytirish uchun braziliyalik himoyachini kuzatmoqda

Italiyaning «Milan» klubi tarkibni tezkor kuchaytirish ustida ishlamoqda va ayniqsa himoya chizigiga yangi nomzodlar izlayapti. Calciomercato.it xabariga ko'ra, «rossoneri» skautlari hozirda «Lecce»ning yoshlar jamoasida to'p surayotgan braziliyalik himoyachi Tiago Gabriyelni diqqat bilan kuzatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Hozircha tomonlar o'rtasida aniq muzokaralar boshlanganicha yo'q. Shunga qaramay, «Milan» e'tiboridagi yana bir variant — Rimning «Latsio» klubida o'ynayotgan Mario Jila. U «rossoneri» sport direktori IglI Tare uchun yaxshi tanish futbolchi, chunki Tare avval «Latsio»da uzoq yillar faoliyat yuritgan.

Ayni vaqtda «Milan» A Seriyada ikkinchi o'rinda bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar