Uelsda futbolchi raqibiga tirsak urgani uchun hibsga olinishi mumkin

Uels chempionatining uchinchi ligasida «Trearddur Bey» va «Portmadog» uchrashuvida g‘alati va jiddiy voqea yuz berdi. 35 yoshli futbolchi Tom Teylor kutilmaganda raqib jamoa hujumchisi Dannni Brukvellning yuziga tirsak bilan zarba berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eng e’tiborlisi, bu holat penalti ijro etilayotgan paytda sodir bo‘lgani aytilmoqda. Brukvell uchun zarba butunlay kutilmagan bo‘lgan, vaziyatning aynan shunday pallada ro‘y berishi esa Teylorning holatini yanada og‘irlashtirdi.
Natijada klub Teylor bilan xayrlashdi va uning harakatini sportga yot, bezorilik deb baholadi. Bundan tashqari, mahalliy politsiya maydondagi qasddan zo‘ravonlik bo‘yicha ish ochdi va endi futbolchi hibsga olinishi ham ehtimoldan xoli emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing