date

Brahim Dias Afrika Kubogi finalidan keyin qo'ng'iroqlarga javob bermayapti

Brahim Dias Afrika Kubogi finalidan keyin qo'ng'iroqlarga javob bermayapti

Madridning “Real” klubi hujumkor yarim himoyachisi Brahim Dias Afrika Millatlar kubogi finalidagi voqeani og'ir qabul qilmoqda. U Marokash terma jamoasiga sovrinni olib kelishi mumkin edi, biroq ikkinchi bo'lim oxirida 0:0 hisobida penaltini “panenka” uslubida tepa olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shundan so'ng bahs qo'shimcha bo'limlarga cho'zildi. Unda Senegal bitta gol urib, g'alabani qo'lga kiritdi.

Indykaila News xabariga ko'ra, Dias hozircha hech kimning telefon qo'ng'iroqlariga javob bermayapti. Manbaga ko'ra, futbolchi bir muddat yolg'iz qolib, o'ziga kelishni istamoqda. Shunga qaramay, u ijtimoiy tarmoqlarda bayonot bilan chiqdi.

Dias yaqin vaqt ichida “Real”ning bazasiga qaytishi kerak.

Finaldan keyin u qisqa izoh ham qoldirdi: “Kechirasiz”.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Brahim Dias Afrika Kubogi finalidan keyin qo'ng'iroqlarga javob bermayapti