
Tatariston 2026 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda ikkita sanoat maydonini ochishni rejalashtirmoqda. Yangi texnoparklar, ya’ni Buxoro va Navoiyda joylashadigan maydonlar, "Alabuga" va "KIP Master" kompaniyalari tomonidan boshqariladi.
Bu haqda KazanFirst xabar berdi. Mazkur kengayish "Chirchiq" va "Jizzax" texnoparklarining muvaffaqiyatli faoliyati fonida amalga oshirilmoqda.
Ushbu faoliyat natijasida texnoparklarning umumiy daromadi 40 million AQSH dollariga yetdi. Mutassislarning ta’kidlashicha, O‘zbekiston yangi sanoat infratuzilmasini yaratishga va soliq bazasini oshirishga qiziqish bildirmoqda.
Chet eldagi sanoat maydonlarini rivojlantirish Tataristonning 2030 yilgacha eksport faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy dasturining bir qismi hisoblanadi.
"O‘zbekiston juda tez rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega. Bu yerda aholi soni har yili bir millionga ko‘paymoqda. Bu mamlakat biz uchun juda qiziqarli", — dedi Tatariston sanoat klasteri boshqaruvi raisi Sergey Mayorov.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.