date

Gvardiola Donnarumma uchun xavotirda


Djanluiji Donnarumma APL doirasida "Lids"ga qarshi o'yinda mavsumdagi to'rtinchi sariq kartochkasini oldi. Keyingi ogohlantirish esa futbolchining diskvalifikatsiyasiga olib kelishi mumkin.

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Donnarummaning tez-tez kartochka olishi borasida xavotirda ekanligini ma'lum qildi. "Donnarummaning to'rtinchi sariq kartochkasini olishi sizni xavotirga soladimi?" degan savolga Gvardiola quyidagicha javob berdi: "Ha, men ko'p narsalardan xavotirdaman.

Bu vaziyat shundoq ham murakkab." Murabbiydan "Bu haqda Donnarumma bilan gaplashdingizmi?" deb so'rashganida, u qisqa javob berdi: "Yo'q." Eslatib o'tamiz, dushanba kuni Gvardiolaning matbuot anjumani atigi ikki daqiqa davom etdi. Seshanba kuni "Manchester Siti" APLning safar o'yinida "Fulxem"ga qarshi bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Donnarumma uchun xavotirda