date

Qishning ilk haftasida O‘zbekistonni kutgan ob-havo tafsilotlari

Qishning ilk haftasida O‘zbekistonni kutgan ob-havo tafsilotlari

O‘zgidromet 1–4-dekabr oralig‘ida mamlakat bo‘ylab kutilgan ob-havo ma’lumoti haqida navbatdagi ma’lumotlarni taqdim etdi. Qish faslining boshlanishiga to‘g‘ri kelgan ushbu kunlarda mamlakatning turli hududlarida ob-havo o‘zgaruvchan, lekin asosan tinch va barqaror kechishi aytib o‘tilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan holda saqlanib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arb tomondan 7–12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat 1 dekabr kuni kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 7–12 daraja iliq atrofida bo‘ladi. 2-dekabrda kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 7–12 daraja iliq; 3-dekabrda kechasi 3 daraja sovuq–2 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq; 4-dekabrda esa tunda 0–5 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq qayd etilishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lsa-da, yomg‘ir kuzatilishi ehtimol qilinmayapti. Shamol sharqiy yo‘nalishdan g‘arb tomonga yonalishini o‘zgartirib, 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1–2-dekabrda kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, 3–4-dekabrda esa 0–5 daraja iliq darajani tashkil etadi. Kunduzgi ko‘rsatkichlar 1–3-dekabrda 10–15 daraja iliq, 4-dekabrda esa 8–13 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ham havo nisbatan barqaror kechadi. 1–3-dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4-dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir ehtimoli mavjud. Qator hududlarda tuman tushishi ham mumkin. Shamol sharqdan g‘arbga yo‘nalish almashtirib, 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat tungi paytlarda 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi esa 10–15 daraja iliq darajani ko‘rsatadi. 4-dekabrda kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo umumiy holda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 4-dekabrda Qashqadaryoning ayrim manzillarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol g‘arbga burilib, 7–12 m/s atrofida tezlikda esadi. Harorat 1–3-dekabrda kechasi 0–5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 daraja sovuqqacha tushishi mumkin; kunduzi esa 12–17 daraja iliq bo‘ladi. 4-dekabrda esa tungi 0–5 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan holda saqlanadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi manzillarga tuman tushishi ehtimoli bor. Sharqiy shamol g‘arbga yo‘nalish almashtirib, 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat tungi paytlarda 1–3-dekabrda 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, 4-dekabrda esa 0–5 daraja iliq, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublika tog‘li hududlarida 1–3-dekabrda havo o‘zgaruvchan, lekin yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4-dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yoki qor kuzatilishi mumkin. Shamol sharqiy yo‘nalishdan g‘arbga aylanib, 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi esa 5–10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qishning ilk haftasida O‘zbekistonni kutgan ob-havo tafsilotlari