Ertaga mamlakat bo‘ylab qaysi hududlarda sovuq seziladi?

1 daqiqa o'qish35.6K
Ertaga mamlakat bo‘ylab qaysi hududlarda sovuq seziladi?

O‘zgidromet 27 oktyabr kuni kuzatilishi kutilgan ob-havo bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakatning katta qismlarida havo o‘zgaruvchan, lekin yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.

Toshkent shahrida havo sokin: shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda, harorat kechasi 3–5 daraja iliq, kunduzi 15–17 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda shamol kuchliroq — 7–12 m/s. Harorat kechasi −3…+2 daraja, kunduzi 10–15 daraja atrofida.

Buxoro va Navoiyda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, ayrim joylarda 3 darajagacha sovuq. Kunduzi 13–18 daraja.

Toshkent viloyati, Samarqand, Sirdaryo, Jizzaxda harorat kechasi 0–5 daraja (ba’zi hududlarda −2 darajagacha), kunduzi 13–18 daraja.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 0–5 daraja, kunduzi 14–19 daraja iliq bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysi — Andijon, Namangan, Farg‘onada havo o‘zgaruvchan, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 daraja, kunduzi 11–16 daraja.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2–7 daraja, kunduzi 12–17 darajagacha iliq bo‘ladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?