
O'zbekistonda 2025 yilda toza havo himoyasi uchun 900 milliard so'm ajratilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Bosh vazir o'rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo'chqorov Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlarning savollariga javob berar ekan, ma'lum qildi.
Qo'chqorovning ta'kidlashicha, ushbu mablag'lar zavodlardagi filtratsiya tizimlarini yangilash va ekologik holatni yaxshilashga yo'naltiriladi. Majlis davomida deputatlar 2026 yil byudjetidan zamonaviy filtrlar va tozalash tizimlarini o'rnatish hamda ekologik chora-tadbirlar uchun qancha mablag' ajratilishi rejalashtirilganini so'rashdi.
Milliy ekologiya va iqlim o'zgarishi qo'mitasi rais o'rinbosari Jusipbek Qozibekovning so'zlariga ko'ra, 2026 yilda qo'shimcha daromadlar hisobidan yana 548 milliard so'm ajratilishi mo'ljallangan. Shuningdek, Qozibekov Toshkentda ekologiyani yaxshilash bo'yicha maxsus komissiya kecha-kunduz ishlayotganini qayd etdi.
Komissiya reydlar o'tkazmoqda, ba'zi korxonalar faoliyati vaqtincha to'xtatilmoqda, qisqa va uzoq muddatli rejalar asosida choralar ko'rilmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.