Yuventus himoyachisi tizzasidan operatsiya bo'ladi

Yuventus himoyachisi tizzasidan operatsiya bo'ladi
Yuventus futbol klubi himoyachisi Federiko Gatti tizzasidan operatsiya o'tkazadi. Bu haqda klubning matbuot xizmati rasmiy ma'lumot berdi.

Eslatib o'tamiz, Italiya Kubogi doirasida Udineze jamoasiga qarshi o'tkazilgan o'yinda (2:0) Gatti o'yin davomida almashtirilgan edi. Sabab sifatida uning o'ng tizzasidagi paylarning choʻzilishi ko'rsatilgan.

Joriy yilning 3-dekabr, chorshanba kuni ertalab futbolchiga qo'shimcha rentgen tekshiruvi o'tkazildi. Natijada uning medial meniski yorilgani aniqlangan.

Ushbu mavsumda Gatti Yuventus safida jami 18 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, ikki bor gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar