
Barselona klubi yarim himoyachi Dani Olmoning jarohati yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Ispaniya chempionatining seshanba kungi Atletikoga qarshi o‘yinida Olmo chap yelkasidan jarohat oldi.
Tibbiy ko‘rikdan so‘ng, futbolchiga jarrohlik amaliyotisiz konservativ davolanish tavsiya etildi. Barselona mutasaddilari Olmoning taxminiy tiklanish muddatini bir oy deb belgiladi.
Shu sababdan, yarim himoyachi 2025-yil oxirigacha maydonga tusha olmaydi. Barselona hozirda La Ligada peshqadamlik qilmoqda va ikkinchi o‘rindagi Real Madriddan to‘rt ochkoga oldinda.
Lekin Madrid klubi hali joriy turdagi o‘z o‘yinini o‘tkazmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.