
Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati rasmiy bayonot e'lon qildi. Bu haqda Upl.uz xabar beradi.
Guliston shahridagi kafeda sodir bo'lgan portlash oqibatida 29 nafar fuqaro turli darajadagi kuyish va jarohatlar olgan. Ulardan 26 nafari Sirdaryo viloyati Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filialiga yotqizilgan.
3 nafar fuqaro statsionar davolanishga ehtiyoj sezmagan va uylariga qaytarilgan. Hozirgi ma'lumotlarga ko'ra, og'ir ahvolda bo'lgan uch nafar fuqaro vafot etgan.
Yana bir bemor og'ir holatda sun'iy nafas oldirish apparatiga ulangan holda davolanmoqda. Reanimatsiyada bo'lgan 5 nafar bemorning ahvoli barqaror, ular mustaqil nafas olmoqda va hushyorlik holatida.
Homilador bo'lgan ikki nafar ayol Sirdaryo viloyati Onalik va bolalik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filialiga ko'chirilgan, ularning ahvoli qoniqarli. Qolgan 15 nafar bemorning ahvoli ham qoniqarli bo'lib, ular tegishli bo'limlarda davolanmoqda.
Shifoxona bemorlar uchun zarur bo'lgan barcha dori-darmonlar bilan ta'minlangan va ularga belgilangan standartlarga muvofiq malakali tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.