date

Le Bris: Har qanday jamoa qiyinchilikka duch kelishi mumkin

Le Bris: Har qanday jamoa qiyinchilikka duch kelishi mumkin
“Sanderlend” bosh murabbiyi Regis Le Bris “Liverpul” bilan bo‘ladigan kelgusi uchrashuv haqida fikrlarini bildirdi. Angliya Premyer Ligasining 14-turi doirasidagi mazkur o‘yin 3-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 1:15 da boshlanadi.

Tez orada “Sanderlend” bir vaqtning o‘zida 7 futbolchisini yo‘qotadi, chunki ular Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etish uchun o‘z milliy terma jamoalariga chaqirilgan. Ushbu turnir 21-dekabrda boshlanishi rejalashtirilgan.

“Bizda kuchli tarkib bor, chunki jarohatlangan futbolchilar yo‘q. Men tarkibimiz sifatiga ishonaman.

Jamoamizdagi dinamika juda ijobiy. Ilgari kam o‘ynagan futbolchilar ham o‘z hissasini qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Men bundan ko‘p xavotirlanmayman”, – dedi Le Brisning so‘zlarini BBC nashri keltiradi. “Liverpul” so‘nggi 8ta o‘yinning 6 tasida mag‘lubiyatga uchragan.

“Har qanday jamoa qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Bu chempionat juda murakkab.

Ular Chempionlar Ligasida ham ishtirok etmoqda. “Vest Xem”ga qarshi o‘yinda ular kuchli edi va kutilganidek ustunlik qildilar.

Biz raqobatbardosh bo‘lish uchun “Sanderlend”ning eng yaxshi versiyasini namoyish qilishimiz kerak.” “Jamoamiz 22 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. “Liverpul” esa 21 ochko bilan bizdan ikki pog‘ona pastda joylashgan.”

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Le Bris: Har qanday jamoa qiyinchilikka duch kelishi mumkin