15:22 / 31.01.2017
9 079

Toshkent hayvonot bog‘iga ikkita karkidon-qush keltirildi

Toshkent hayvonot bog‘iga ikkita karkidon-qush keltirildi

O‘tgan yilning oxirida Toshkent hayvonot bog‘iga hayvonlarni almashish yo‘li bilan ikkita yosh karkidon-qushlar olib kelindi. Bu haqda Daryo xabar berdi.

Bu qushlar mahalliy aholi tomonidan janubiy-sharqiy Osiyo o‘rmonlarining ramzi deb hisoblanadigan katta hind kalaosidir (Buceros bicornis). Ular hali juda yosh va yorqin ekzotik tashqi ko‘rinishga, katta ikki bo‘rtiqli kalaoga xos katta tumshug‘i ustida paydo bo‘ladigan chiroyli bo‘rtiqlarga ega emas.

Hind kalaosi (Buceros bicornis) eng katta ikki bo‘rtiqli karkidon-qushlarning ikkinchi nomi. Biroq tashqi belgilaridan aniqki, bu qushlar juftlik. Qushlar qo‘lga o‘rgangan, qo‘ldan berilayotgan emakni ikkilanmasdan oladi.

Ular qovoqni juda yaxshi ko‘radi va pishirilgan sabzini bajonu dil eydi. Shuningdek, ular banan, uzum, baliq va pishirilgan tuxum tanovul qilishni yaxshi ko‘radi. Qushlar katta bo‘lishi uchun yana bir necha yil kerak. Qushlarning tutqinlikda yashashiga qaramasdan, ularninng ko‘payishiga umid qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent hayvonot bog‘iga ikkita karkidon-qush keltirildi