
O'zbekiston aholisi ijtimoiy tarmoqlarda kechasi sodir bo'lgan zilzila aks etgan videolarni bo'lishmoqda. Ushbu zilzila oltita hudud va poytaxtda sezilgan.
Eng kuchli silkinishlar Afg'oniston bilan chegaradosh hududlarda, zilzila markazi joylashgan hududlarda qayd etilgan. Ba'zi Telegram kanallarining xabar berishicha, O'zbekiston janubida ayrim uylarda lampochkalar yorilib, devorlarda yoriqlar paydo bo'lgan.
Termiz shahrida magnitudasi besh balldan yuqori bo'lgan silkinishlardan so'ng, aholining ko'pchiligi uylarini tark etib, ko'chaga chiqqan. FVV dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, vayronagarchiliklar va jabrlanganlar yo'q, ammo odamlar takroriy silkinishlardan qo'rqib, hanuzgacha ko'chada qolayotganini ma'lum qilishmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar