
4 noyabr kuni O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.
Toshkent shahrida osmon vaqt-vaqti bilan bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi ehtimoldan xoli emas. Shamol g‘arb yo‘nalishidan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 7–9 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat osmon o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esishi mumkin. Havo harorati kechasi 0–5 daraja, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimol qilinmoqda. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1–6 daraja, kunduzi 6–11 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ham osmon o‘zgaruvchan bo‘lib, ba’zi hududlarda yomg‘ir kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon bilan kechishi mumkin. Harorat 6–11 daraja iliq bo‘lib turadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim hududlarda 13–18 m/s gacha kuchayishi va chang ko‘tarilishi ehtimoli bor. Harorat kechasi va kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida osmon biroz bulutli bo‘lib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda, ayrim hududlarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3–8 daraja, kunduzi 8–13 daraja bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ob-havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir va qor aralash yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18 m/s gacha kuchayishi ehtimol qilinadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!