
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 31-oktabr kuni jismoniy shaxslardan qarzlarni undirish bo‘yicha soddalashtirilgan tartibni sezilarli darajada kengaytirishga oid qonun loyihasini ma’qulladi. Ushbu yangiliklar kommunal xizmatlar, telekommunikatsiya xizmatlari va boshqa moliyaviy majburiyatlar bo‘yicha qarzlarga taalluqli bo‘lib, ular miqdori 2,06 million so‘mdan oshmasligi lozim.
Parlamentning ikkala palatasidan o‘tgan ushbu qonun loyihasi endi Prezident tomonidan imzolanishi kerak. Mazkur chora sud-huquqiy islohotlarning bir qismi bo‘lib, ijro ishlarini samaradorligini oshirish va byurokratik yukni kamaytirishga qaratilgan.
Yangi tartibga ko‘ra, kommunal xizmatlar uchun qarzlar, ko‘p qavatli uy-joy mulkdorlari tomonidan to‘lanadigan badallar hamda pochta va videokonferensiya kabi aloqa xizmatlari uchun xarajatlarni soddalashtirilgan tartibda undirish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, bu tartib jismoniy shaxslarning bazaviy hisoblash miqdorining besh barobaridan oshmaydigan (ya’ni 2,06 million so‘m) qarzlariga ham tatbiq etiladi.
Avvalroq bu tartib faqatgina ma’muriy jarimalar, soliq qarzlari va ba’zi sud xarajatlarini undirishda qo‘llanilardi. Senatorlarning ta’kidlashicha, bu mexanizmning kengaytirilishi Majburiy ijro byurosi xodimlari yukini yengillashtiradi va qarzlarni qaytarish jarayonini tezlashtiradi.
Kutilishicha, bu yangilik ijro organlari ishini optimallashtirib, qarzlarni undirish va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish o‘rtasida muvozanatni ta’minlaydi. Mazkur hujjat parlamentdan o‘tish jarayonida muhokamalarga sabab bo‘ldi.
22-iyulda birinchi va 12-avgustda ikkinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasiga muhim o‘zgartirish kiritildi. Bir fraksiya taklifiga ko‘ra, jismoniy shaxslarning bank hisoblaridagi mablag‘larini soddalashtirilgan tartibda undirishni nazarda tutuvchi norma yakuniy versiyadan chiqarildi.
Endilikda qarzlarni undirish faqatgina qarzdorning daromadlariga (masalan, ish haqi, nafaqa yoki stipendiya) qaratiladi, bank kartalariga esa taalluqli bo‘lmaydi. Bu o‘zgartirish ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash va tomonlar huquqlaridagi nomutanosiblikni oldini olish maqsadida kiritilgan.
Yangi tartib zamonaviy raqamli axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasidan faol foydalanishni talab qiladi. Bu esa davlat ijrochilari va qarzdorlar o‘rtasidagi bevosita aloqani minimallashtiradi hamda Majburiy ijro byurosi xodimlarining yashash joylariga tashriflari bilan bog‘liq noqulayliklarni oldini oladi.
O‘zbekistonda qarzlarni undirishning yangi tartibi joriy etiladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar