
O‘zbekiston aholisi orasida quyosh energiyasidan foydalanish tobora kengaymoqda. Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida 35 mingdan ortiq fuqaro “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida 153,6 milliard so‘mlik subsidiya olgan.
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘ quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yagona tizimga topshirgan jismoniy shaxslarni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan.
Hududlar bo‘yicha yetakchilar:
Xorazm viloyati – 42,6 mlrd so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 22,4 mlrd so‘m;
Buxoro viloyati – 15,3 mlrd so‘m.
Fuqarolar “Soliq” mobil ilovasining “Keshbek va imtiyozlar” bo‘limidagi “Quyoshli xonadon” oynasi orqali subsidiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z bank kartasiga o‘tkazib olishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, dastur 2023-yil 1-apreldan beri amal qiladi. Uning doirasida quyosh paneli orqali ishlab chiqarilib, yagona elektr tarmog‘iga uzatilgan har bir kilovatt-soat energiya uchun 1000 so‘mdan subsidiya belgilanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!