date

Hafta boshida ob-havo qanday bo‘ladi?

Hafta boshida ob-havo qanday bo‘ladi?

“O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, 8–11 fevral kunlari respublikada havo o‘zgaruvchan tus oladi: 8 fevralda ko‘p joylarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 9 fevraldan esa ayrim hududlarda yomg‘ir boshlanib, 10–11 fevralga kelib ba’zi joylarda yomg‘ir qorга aylanishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli ham bor, shamol esa ayniqsa 9–11 fevralda ayrim hududlarda sezilarli kuchayadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi.
9 fevral: ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
10–11 fevral: ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Harorat:
9–10 fevral: kechasi 2° sovuq–3° iliq, kunduzi 5–10° iliq.
11 fevral: kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 2° sovuq–3° iliq.

Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi.
9–11 fevral: ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Shamol sharqiy yo‘nalishdan g‘arbga o‘zgarib, 7–12 m/s, 8–11 fevralda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha, 9 fevralda ayrim joylarda 20–22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat:
9 fevral: kechasi 5–10° iliq, kunduzi 12–17° iliq.
10–11 fevral: kechasi 3–8° iliq, kunduzi 8–13° iliq.

Navoiy viloyatining shimoli
Harorat:
9–10 fevral: kechasi 2° sovuq–3° iliq, kunduzi 5–10° iliq.
11 fevral: kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 2° sovuq–3° iliq.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi.
9–11 fevral: ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Shamol sharqiy yo‘nalishdan g‘arbga o‘zgarib, 7–12 m/s, 8–10 fevralda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha, 9 fevralda ayrim joylarda 20–22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat:
9 fevral: kechasi 3–8° iliq, kunduzi 12–17° iliq.
10–11 fevral: kechasi 5–10° iliq, kunduzi 8–13° iliq.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi.
9–11 fevral: ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Shamol sharqiy yo‘nalishdan g‘arbga o‘zgarib, 7–12 m/s, 8–11 fevralda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha, 9 fevralda ayrim joylarda 20–22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat:
9 fevral: kechasi 7–12° iliq, kunduzi 12–17° iliq.
10 fevral: kechasi 5–10° iliq, kunduzi 10–15° iliq.
11 fevral: kechasi 5–10° iliq, kunduzi 12–17° iliq.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi.
8–9 fevral: yog‘ingarchilik kutilmaydi.
10–11 fevral: ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqiy yo‘nalishdan g‘arbga o‘zgarib, 5–10 m/s tezlikda esadi.
Harorat:
9 fevral: kechasi 0–5° iliq, kunduzi 8–13° iliq.
10–11 fevral: kechasi 2–7° iliq, kunduzi 8–13° iliq.

Respublikaning tog‘li hududlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, 9–10 fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol sharqiy yo‘nalishdan g‘arbga o‘zgarib, 7–12 m/s tezlikda esadi.
Harorat:
9 fevral: kechasi va kunduzi 0–5° iliq.
10 fevral: kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 2° sovuq–3° iliq.
11 fevral: kechasi va kunduzi 0–5° sovuq.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hafta boshida ob-havo qanday bo‘ladi?