17:11 / 28.01.2018
5 229

Namangan shahrida noqonuniy chiqindixonalarni aniqlashga qaratilgan reydlar o‘tkazilmoqda

Namangan shahrida noqonuniy chiqindixonalarni aniqlashga qaratilgan reydlar o‘tkazilmoqda
Ishchi guruh tomonidan Namangan shahrida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlashning oldini olish, noqonuniy chiqindixonalarni aniqlashga qaratilgan reydlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Boshqarmaning Namangan shahriga biriktirilgan davlat inspektorlari tomonidan joriy yil yanvar oyida o‘tkazilgan reydlar mobaynida jami 19 ta holat aniqlandi. 7 nafar fuqaroga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi, 12 nafar fuqaro voyaga yetmaganligi uchun ogohlantirish xati berildi.

Jumladan, tadbirlar davomida shahardagi «Yangiobod» va «Majnuntol» MFY da yashovchi ikki fuqaro xonadonlarida to‘planib qolgan maishiy chiqindilarni avtomobillarida olib kelib, markaziy Navoiy ko‘chasiga tashlayotgani ma’lum bo‘ldi.

Ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda jarimaga tortildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Namangan shahrida noqonuniy chiqindixonalarni aniqlashga qaratilgan reydlar o‘tkazilmoqda