6 176
O‘zbekistonda 1 apreldan boshlab plastik kartadan dollar yechib olish mumkin bo‘ladi
Internet tarmog‘ida 2018 yilning 1 aprelidan boshlab O‘zbekiston hududida xorijiy valyutalarni naqd ko‘rinishda yechib olishni ta’minlovchi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi, deb xabar berdi “Xalq so‘zi”.
Hujjatga ko‘ra 1 apreldan boshlab xalqaro to‘lov kartaga ega jismoniy shaxslar, tijorat banklari tomonidan o‘rnatilgan cheklov doirasida chet el valyutasini naqd ko‘rinishda yechib olishlari mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari Markaziy bank tomonidan 1 aprelga qadar jismoniy shaxslarga tegishli hisob raqamlaridagi xorijiy valyutani masofaviy boshqarish tizimini ham yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
2018 yilning 1 mayiga qadar esa banklar o‘rtasida mahalliy va xalqaro bank kartalari bo‘yicha axborot-texnologik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutuvchi Milliy bank ishlov berish markazini tashkil qilish bo‘yicha konsepsiyani ishlab chiqilishi kutilmoqda.
Joriy yilning 1 iyuligacha norezidentlarning to‘lov kartalarini qabul qilishni ta’minlovchi to‘lov terminallari asosiy xalqaro to‘lov tizimlari bilan integrallashtiriladi.
Avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari 2018 yilning 1 noyabriga qadar kuniga 24 soatli tartibda ishlashi ta’minlanishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?