22:30 / 03.08.2018
4 809

Bugungi imtihonlarga 1166 abituriyent kelmadi, 272 nafar abituriyent chetlatildi

Bugungi imtihonlarga 1166 abituriyent kelmadi, 272 nafar abituriyent chetlatildi
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov feysbukdagi rasmiy sahifasida 3 avgust kuni o‘tkazilgan kirish imtihonlari bo‘yicha hisobot e’lon qildi.

Bugungi test sinovlarida 17ta oliy ta’lim muassasalarining 89ta ta’lim yo‘nalishida 58 ming 533 nafar abituriyent ishtirok etgan, turli sabablarga ko‘ra 1166 nafar abituriyent test sinovlariga kelmagan.

Shuningdek, 272 abituriyent imtihondan chetlatilgan.

«Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 272 nafar abituriyent, shundan 109 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgani o‘rniga kirishga uringani uchun, 163 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abituriyentlarga yordam berishga uringani uchun test sinovlaridan chetlashtirildi», deyiladi xabarda.

Test natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga soat 18.30dan qaytarish boshlangan. So‘nggi materiallar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tungi vaqt bilan soat 1:00da yetib kelishi kutilmoqda.

Yetib kelgan test natijalari bo‘yicha darhol kompyuter yordamida qayta ishlash jarayoni boshlanadi.

Davlat test markazining xodimlari tashqariga chiqmasdan, telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanmagan hamda test materiallarining maxfiyligini ta’minlagan holda test materiallarini qayta ishlaydi.

3 avgust test natijalari 4 avgust kuni kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida e’lon qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bugungi imtihonlarga 1166 abituriyent kelmadi, 272 nafar abituriyent chetlatildi