12:15 / 24.09.2018
5 025

Ekspert Oʻzbekistonda GM Uzbekistanʻdan ham yomonroq monopoliya paydo boʻlishini taxmin qildi

Эксперт Ўзбекистонда GM Uzbekistan'дан ҳам ёмонроқ монополия пайдо бўлишини тахмин қилди

Oʻzbekistonda yana bir monopoliya, bu safar GM Uzbekistanʻdan ham yomonrogʻi paydo boʻlyapti, deya hisoblaydi iqtisodiyot fanlari doktori, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori Nishonboy Sirojiddinov.

“Aftidan, bizni yana bir «syurpriz” kutmoqda. “Oʻzeltexsanoat” AK nafaqat proteksionizmni mustahkamlamoqchi, balki shunday imtiyozlarni olish va monopolist boʻlishni xohlamoqda», - deya yozadi iqtisodchi Facebookʻdagi oʻz sahifasida.

Gap, katta ehtimol bilan, yaqinda ishlab chiqilgan hukumat qarori loyihasi haqida ketmoqda, u jismoniy shaxslar uchun mahsulotni bojsiz olib kirish qoidalarini kuchaytiradi.

Hozirda fuqarolar Oʻzbekistonga quyidagilarni toʻlovsiz olib kirish huquqiga ega:
  • avtomobil yoʻllari (piyodalar) oʻtkazish punkti orqali - 1 oylik interval bilan umumiy qiymati 300 dollargacha boʻlgan bittadan maishiy texnika va oshxona idish-tovoqlari toʻplami;
  • temir yoʻl va daryo oʻtkazish punktlari orqali - 1 oylik interval bilan umumiy qiymati 1 ming AQSH dollarigacha miqdorda bittadan maishiy texnika va oshxona idish-tovoqlari toʻplami.

Ushbu vaqt oraligʻini 6 oyga oshirish rejalashtirilmoqda. Natijada, fuqarolar ushbu tovarlarni kamroq erkin olib kiradi.

Olimning fikricha, “Oʻzeltexsanoat” avtomobil sanoatidan ham surbetroq tarzda tayyor elektrotexnika mahsuloti importidan tushgan bojxona toʻlovlari va aksizlarning umumiy hajmidan 60 foiz miqdordagi mablagʻni Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirishni taklif qilmoqda. “Bunday surbetlik haqida bizning «sevimli” “Oʻzavtosanoat” ham oʻylamagan edi», - deya taʼkidlaydi Sirojiddinov.

“Lekin asosiy masala - bizning iqtisodiyotimiz va isteʼmolchilarimiz salbiy qoʻshimcha qiymatni keltirib chiqarayotgan navbatdagi shunday monopolistga bardosh bera oladimi? Bizning aholi uchun bunday ishlab chiqarish kerakmi? Agar shunday boʻlsa, nima uchun?”, - deb yozadi u.

Ekspert GM Uzbekistanʻning samarasiz ishini misol sifatida keltirgan, u 2017 yilda 135,5 ming dona avtomobil ishlab chiqardi. Hisob-kitoblar sohadagi oʻrtacha ish haqi 300 dollar ekvivalentida hisobga olingan holda keltiriladi (kompaniyada ishga haq toʻlash fondi taxminan 100 million dollar ekvivalentga teng).

“Misol uchun, biz ishlab chiqarmaymiz, balki yiliga oʻrtacha narxi 8 ming dollardan 120 ming dona avtomobilni import qilamiz. Erkin savdoda, yaʼni import tariflari hamda avtomobil importiga aksizlar yoʻq boʻlgan holatda, yengil avtomobillar importidan QQSdan davlat byudjetiga tushadigan mablagʻlar 192 million dollarni tashkil etadi. Yengil avtomobillardan tashqari, boshqa avtomobillarning importi bu miqdorni yanada oshiradi”, - deydi Sirojiddinov.

“Endi, yengil avtomobillar importiga 20 foiz miqdorda stavka boʻyicha tarif joriy etamiz, natijada ularning import hajmi yiliga 120 ming dona avtomobildan 100 minggacha qisqaradi. Bunday holatda davlat byudjetiga faqatgina yengil avtomobillar import tarifi va QQSdan tushum miqdori 352 million dollargacha oshadi”, - deya qoʻshimcha qilib oʻtgan u.

Natijada, olim shunday xulosaga keladi: bizning daromad kamida 252 mln dollarga koʻproq boʻlishi mumkin edi, yengil avtomobillardan tashqari, boshqa avtomobillar ham ishlab chiqarilishi hisobga olinsa, biz shunchaki davlat byudjetidan “Oʻzavtosanoat” AK barcha xodimlariga ish haqini ular bu avtomobillarni ishlab chiqarmagani uchun toʻla hajmda kompensatsiya qilib berishimiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ekspert Oʻzbekistonda GM Uzbekistanʻdan ham yomonroq monopoliya paydo boʻlishini taxmin qildi