18:16 / 10.12.2019
3 446

Prezident Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi

Prezident Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi
2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan 2020 yilda byudjet jarayoni ishtirokchilari oʻrtasida byudjet vakolatlari taqsimlandi.

Shuningdek, byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarga oʻzgartirish kiritish tartibi belgilandi.
Qonun bilan respublika byudjetining daromadlari prognozi va xarajatlari, mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlari prognozlari belgilandi.

2020 yil uchun ayrim soliqlar va toʻlov stavkalari tasdiqlandi.
Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari, mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari kabilar shular jumlasidandir.

Qonunga koʻra, bir qator xarajatlar respublika byudjetidan moliyalashtirishga, ayrim xarajatlar mahalliy byudjetdan moliyalashtirishga oʻtkaziladi.
Jumladan, fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar boʻyicha xarajatlar tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtirishga oʻtkaziladi.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi