Joriy yilning 12 may kunidan Vazirlar Mahkamasining «Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori kuchga kirdi.
Qaror bilan Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Innovatsion rivojlanish vazirligi esa ushbu tizimni shakllantirish uchun mas’ul etib belgilandi.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, endilikda ushbu vazirlik:
- ilmiy tashkilotlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat darajasi, ilmiy-tadqiqot ishlari sifati, ilmiy-innovatsion faoliyat natijalarini tavsiflovchi ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
- har yili ilmiy tashkilotlar reytingini tuzish;
- milliy ilmiy tashkilotlarning dunyodagi nufuzli ilmiy markazlar reytingiga kirishida amaliy yordam ko‘rsatish;
- reyting natijalari asosida ilmiy tashkilotlarda ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari sifatini oshirishga kiritilgan aniq takliflarni nazarda tutuvchi respublikadagi ilmiy tashkilotlar faoliyati to‘g‘risida tahliliy axborot tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish faoliyati bilan ham shug‘ullanadi.
Bo‘ysunuvida ilmiy tashkilotlar bo‘lgan vazirliklar, idoralar hamda ilmiy tashkilotlar tomonidan reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar har yili 1 fevralga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etiladi va o‘rganish hamda tahlillar asosida reyting 1 mayga qadar aniqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi