«Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizom»ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz» Norma keltirgan Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Markaziy banki qaroriga asoslanib.
Xususan, monitoring qilinadigan ofshor zonalar, valyuta operatsiyalari (import bo‘yicha to‘lov, bank hisob varaqlariga o‘tkazish) ro‘yxati kengaytirildi. Unga Amerika Samoasi, Aruba, Gvatemala, Dominika, Kiribati, Monako, Normand Olderni oroli, Pitkern, San-Marino, Sen Marten (Sint Marten), Urugvay i Filippin kiritildi.
Ro‘yxatda jami 69 ta mintaqa ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, bank filiallari va bojxona xizmati organlarining hududiy boshqarmalaridan axborot oladigan soliq organlari aniqlashtirildi — hududiy davlat soliq boshqarmalari va Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi.
Hujjat bilan, shuningdek, mezonlardan biri — rezident-jismoniy shaxs tomonidan jismoniy shaxslarning xorijdagi hisob varag‘iga pul mablag‘lari o‘tkazmasi summasiga tuzatish kiritildi. Agar bir kalendar yili davomida o‘tkazma summasi 100 million so‘mdan ortiq bo‘lsa (ilgari — ekv. 10 ming dollar) banklar xabar berishlari kerak, deb yozmoqda Norma.
Nashrning ma’lum qilishicha, valyuta operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumot ilgarigidek yil boshidan o‘sib borish tartibida emas, balki har hisobot oyi uchun alohida taqdim etiladi.
Bundan tashqari, bojxona organlari olib kirilayotganda ham, olib chiqilayotganda ham (ilgari – faqat olib kirilayotganda va oshirilganda) aniqlangan tovarning faktura qiymatini asossiz ravishda oshirish va kamaytirish holatlari to‘g‘risida xabar berishlari kerak.
Spot ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda Markaziy bank O‘zbekistonning asosiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investorlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni e’lon qilib borgan. Yetakchilar orasida taniqli ofshor orollardan bo‘lgan Britaniyaning Virjiniya orollari ham bor edi. Hozir vaziyat qanday ekanligi noma’lum, chunki Markaziy bank ushbu statistik ma’lumotlarni e’lon qilmay qo‘ydi.
2019 yil noyabr oyida Davlat soliq qo‘mitasi chet el valyutasining chiqishi va muddati o‘tgan debitorlik qarzlarining o‘sishi shubhali ofshor zonalarga pul o‘tkazmalari bilan bog‘liqligi haqida ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, soliq solish bo‘yicha imtiyozli rejimni taqdim etadigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda axborotni oshkor etishni hamda taqdim etishni nazarda tutmaydigan davlatlar va hududlar ofshor zonalar deyiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi