
Fransiya chempionatining oʻninchi turi doirasida Parijning "PSJ" klubi "Loryan"ga qarshi oʻyinda ochko yoʻqotdi. Bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike oʻyin haqidagi fikrlarini boʻlishdi. "Biz juda yomon oʻyin oʻtkazdik, shu bois raqib bizga koʻp muammo tugʻdirdi.
Birinchi boʻlim biz uchun muvaffaqiyatsiz oʻtdi. Jamoa gol urish imkoniyatlarini deyarli yaratmadi.
Bunday hujum bilan uch ochkoga umid qilish qiyin", – dedi ispaniyalik mutaxassis Footmercato nashriga. "PSJ" hozirgi paytda 21 ochko toʻplagan holda Fransiya chempionatining turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Poytaxt klubi ikkinchi oʻrinda borayotgan "Monako"dan bir ochko oldinda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar