
2025 yil yanvar-sentabr oylarida O'zbekistonda ta'lim sohasidagi xizmatlar hajmi 26,3 trillion so'mni tashkil etdi. Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 4,2 foizga ko'pdir.
Hududlar bo'yicha eng ko'p mablag' Toshkentda sarflangan — 12,8 trillion so'm. Keyingi o'rinlarda Samarqand viloyati (1,9 trillion so'm) va Farg'ona viloyati (1,7 trillion so'm) joylashgan.
Eng past ko'rsatkichlar Sirdaryo (257,5 milliard so'm), Navoiy (343 milliard so'm) va Jizzax (408,2 milliard so'm) viloyatlarida qayd etilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar