date

Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir, shamol kuchayishi mumkin

Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir, shamol kuchayishi mumkin

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi 28-oktyabr kuniga oid ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli va o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi ehtimoldan xoli emas. Shamol yo‘nalishi sharqdan g‘arbga almashib, 10–12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat tunga yaqin 11–13°, kunduzi esa 21–23° atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kechasi va ertalab qisqa yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol 7–12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 5–10°, kunduzi 17–22° gacha bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham o‘zgaruvchan ob-havo kuzatilib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat tunduzi 8–13°, kunduzi esa 21–26° bo‘lishi prognoz qilingan.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda ham havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimol qilinmoqda. Kunduzgi harorat 18–23° atrofida bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda shamol g‘arbdan 9–14 m/s tezlikda esib, harorat kunduzi 21–26° gacha ko‘tariladi.

Farg‘ona vodiysida kechga yaqin yomg‘ir yog‘ishi mumkin, harorat 21–26° gacha yetadi.

Shu bilan birga, tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, baland joylarda esa qorga aylanishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat 13–18°, kechasi 5–10° daraja atrofida bo‘ladi.

Sinoptiklarning ta’kidlashicha, oktyabr oyining so‘nggi kunlarida mamlakat bo‘ylab kuzning salqin va shamolli havosi hukm suradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir, shamol kuchayishi mumkin