date

O‘zbekistonda qaysi soha bo'yicha oylik maosh oshib bormoqda ?

O‘zbekistonda qaysi soha bo'yicha oylik maosh oshib bormoqda ?

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida mamlakat bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal ish haqi 6 million 166 ming so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,2 foizga ko‘p.

Eng yuqori o‘sish an’anaviy tarzda Toshkent shahrida qayd etildi — poytaxtda o‘rtacha oylik maosh 10 million 379 ming so‘mga yetgan. Bu o‘tgan yilga qaraganda qariyb 19 foiz yuqori ko‘rsatkichdir.

Hududlarda ham sezilarli ijobiy dinamika kuzatilmoqda. Samarqandda o‘rtacha ish haqi 4,8 million so‘m, Namanganda 4,5 million so‘m, Sirdaryoda 4,9 million so‘m, Farg‘onada esa 4,5 million so‘m atrofida shakllangan. Barcha viloyatlarda o‘sish sur’atlari 19–25 foiz oralig‘ida.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlilga ko‘ra, eng katta o‘sish ko‘ngilochar va dam olish sohasida qayd etildi — bu yo‘nalishdagi o‘rtacha maosh 22,8 foizga oshib, 5 million so‘mni tashkil etdi. Ta’lim sohasida o‘sish 19,8 foiz, transport va logistika yo‘nalishida esa 16,7 foiz bo‘ldi.

Axborot va aloqa sohasi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi — bu yo‘nalishda o‘rtacha oylik ish haqi 14,9 million so‘mga yetgan. Bank, sug‘urta va kredit sohalarida esa rekord daraja — 16,8 million so‘m maosh kuzatildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda qaysi soha bo'yicha oylik maosh oshib bormoqda ?