date

Yangiariqda 3 nafar fuqaroga moddiy va ma’naviy zarar undirib berildi

Yangiariqda 3 nafar fuqaroga moddiy va ma’naviy zarar undirib berildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining qarorlariga asosan qarzdor Yangiariq tuman tibbiyot birlashmasidan 3 nafar fuqaro foydasiga moddiy va ma’naviy zarar undirish belgilangan.

Sud qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Byuroning Yangiariq tumani bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdor Yangiariq tuman tibbiyot birlashmasidan jami 123,7 mln. so‘m moddiy va ma’naviy zarar undirilgan va undiruvchi fuqarolarning bank plastik kartalariga o‘tkazib berilishi ta’minlanib, ijro ishlari amalda tamomlandi.

Misol uchun, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor Yangiariq tuman tibbiyot birlashmasidan undiruvchi O.Rajabov foydasiga jami 43 mln. so‘m moddiy va ma’naviy zarar undirish belgilangan bo‘lib, davlat ijrochilari tomonidan amalga oshirilgan ijro harakatlari natijasida sud hujjatida ko‘rsatilgan moddiy va ma’naviy zarar summasi to‘liq undirilib, undiruvchi fuqaroning bank plastik kartasiga o‘tkazib berilgan.

Bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangiariqda 3 nafar fuqaroga moddiy va ma’naviy zarar undirib berildi