date

Soliq qarzi va "temir ot"ning jarima maydonida qolishi...

Soliq qarzi va "temir ot"ning jarima maydonida qolishi...

Bizning iqtisodiyotimizning poydevori – soliqlar! Har bir korxonaning davlatga xizmati, uning bunyodkorlik va rivojlanishdagi ulushi soliqlar orqali ko‘rinadi.

Ammo, afsuski, hamma ham bu muhim majburiyatni anglamaydi. Ana shunday e’tiborsizlik qarzdor korxonada jiddiy muammolarni keltirib chiqardi.

Jamiyatning davlatga 1 mlrd. 200 mln. so‘mlik soliq qarzi borligi aniqlandi. Bu katta raqam, albatta, jiddiy choralarni talab qildi. Qonun hamma uchun teng!

Majburiy ijro byurosi xodimlari qarzdorning mulkini xatlab, jarima maydoniga kiritishga haqli. Shu tartibda, "QMI" MCHJga tegishli SD 300 rusumli texnikasi ham jarima maydoniga "mehmon" bo‘lib kirdi.

Bu – qarzdorlikni undirish va qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi majburiy qadam.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliq qarzi va "temir ot"ning jarima maydonida qolishi...