
O‘zgidromet 29 oktyabr kuniga mo‘ljallangan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Ertaga mamlakatning ko‘p qismida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Toshkent shahrida kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo ochilib, harorat 20–22 daraja atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo asosan quruq, shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Bu hududlarda harorat kunduzi 25 darajagacha ko‘tariladi.
Buxoro va Navoiyda ham yomg‘ir kutilmaydi, ammo shamol biroz kuchayishi mumkin. Harorat tungi paytda 6–11 daraja, kunduzi esa 25 darajagacha bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimol qilinayotgan bo‘lsa-da, kunduzi osmon ochilishi kutilmoqda. Harorat 20–25 daraja atrofida bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida ham shunga o‘xshash holat kuzatiladi — kechasi yomg‘ir yog‘ishi mumkin, ammo kunduzi havo iliq va quruq bo‘ladi.
Surxondaryoda yomg‘ir kutilmaydi, harorat kunduzi 26 darajagacha ko‘tariladi.
Farg‘ona vodiysidagi viloyatlarda — Andijon, Namangan va Farg‘onada — kechasi yomg‘ir yog‘ishi ehtimol qilinadi. Kunduzi esa 17–22 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ob-havo noaniq bo‘ladi: vaqt-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Baland hududlarda esa qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Mutaxassislar aytishicha, bu hafta yomg‘irlar asosan mamlakatning markaziy va sharqiy qismida kuzatiladi, g‘arbda esa quruq va iliq havo hukm suradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!