date

Kenan Yildiz Pogbaning rekordini takrorladi


Yuventus hujumchisi Kenan Yildiz klub rekordini takrorladi, bu avval Pol Pogbaga tegishli edi. Turkiyalik futbolchi A Seriya doirasidagi "Udineze"ga qarshi o‘yinda jamoasiga g‘alaba (3:1) keltirdi va bir gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Yildizning hisobida A Seriyada 20 yoshdan kichik futbolchilar orasida 11 ta gol mavjud (uch ochkolik tizim amalda bo‘lgan davrda). Bu natija klub tarixidagi rekorddir va ilgari faqat Pogbaga tegishli edi.

Kenanning fransiyalik futbolchini ortda qoldirish uchun yetarli vaqti bor, chunki u 21 yoshga faqat may oyida to‘ladi. Yildiz "Yuventus" safida jami 96 o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kenan Yildiz Pogbaning rekordini takrorladi