
So‘nggi yillarda dunyo iqlimidagi keskin o‘zgarishlar nafaqat inson hayotiga, balki iqtisod va qishloq xo‘jaligiga ham ta’sirini o‘tkazmoqda. Xususan, O‘zbekistonda qish mavsumining quruq va yog‘ingarchiliksiz kechishi fermerlar uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shu sababli, kelgusi oylar uchun uzoq muddatli ob-havo prognozlari katta qiziqish bilan kutilmoqda.
Yaqinda Qozog‘iston gidrometeorologiya xizmati — “Kazgidromet” 2025-yil noyabridan 2026-yil mart oyigacha bo‘lgan davr uchun o‘z ma’lumotlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, noyabr oyida mamlakatning katta qismida havo harorati me’yordan taxminan 1 daraja yuqori bo‘lishi kutilyapti. Yog‘ingarchilik miqdori shimol va g‘arb hududlarida me’yordan ortiq bo‘ladi, asosan qor ko‘rinishida yog‘ishi aytilgan. Oy oxiriga borib esa ayrim mintaqalarda havo harorati minus 20 darajagacha pasayishi ehtimol qilingan.
Qozoq mutaxassislari dekabrni nisbatan iliq oy bo‘lishi, ammo yog‘ingarchilik respublika bo‘ylab kamayishi bilan tavsiflamoqda. Yanvarda harorat me’yor darajasida bo‘lishi, sharqiy hududlarda esa sovuq kunlar kuzatilishi mumkin. Fevral eng iliq oy bo‘lishi kutilayotgan bo‘lib, harorat me’yordan 1–2 daraja yuqori bo‘ladi. G‘arbiy viloyatlarda quruq ob-havo ustunlik qilishi mumkin. Mart oyi esa bahorni iliq va nisbatan barqaror harorat bilan boshlashi kutilmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati agentligi — “O‘zgidromet” hali qish mavsumi uchun uzoq muddatli prognozni e’lon qilmaganini ma’lum qildi. Agentlik matbuot kotibi Nigora Toshxo‘jayeva “Daryo” nashriga bergan izohida shunday dedi:
Iqlimshunos olim Erkin Abdulahatov esa ilgari o‘z chiqishida shunday degan edi: qishning quruq kelishi ehtimoli yuqori, bu esa 2026-yilda qishloq xo‘jaligi sohasida og‘ir sinovli davr bo‘lishi mumkinligidan darak bermoqda.
Mutaxassislar fikricha, iqlim o‘zgarishi sharoitida har bir davlat, jumladan O‘zbekiston ham, yog‘ingarchilik rejimidagi keskin o‘zgarishlarga tayyor bo‘lishi va suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha yangi choralar ko‘rishi zarur.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!